Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chimkentdan O‘zbekistonga "Do‘stlik karvoni" keldi
Foto: Akimat YuKO.
Janubiy Qozog‘iston viloyatidan O‘zbekistonga "Do‘stlik karvoni" keldi, deb ma'lum qildi viloyat hokimiyati matbuot xizmati.
O‘zbekistonga Qozog‘istondan kelgan 50 oqsoqol qozoq jamoat arbobi Tole bining Toshkentdagi qabrini ziyorat qilishadi, Amir Temur va Yalangto‘sh Bahodirning Samarqanddagi maqbaralari, Buxorodagi Bahouddin Naqshbandiy me'moriy majmuasi bilan tanishadilar.
"Do‘stlik karovoni" vakillari O‘zbekistondagi Baynalmilal madaniyat markazi, qozoq madaniyat markazi va boshqa tarixiy-madaniy markazlarga tashrif buyurib, u yerda mahalliy aholi bilan uchrashadilar.
Ushbu tadbir Qozog‘iston xalqi assambleyasi va O‘zbekiston Baynalmilal madaniyat markazi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu memorandum O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyida Qozog‘istonga rasmiy tashrifi davomida imzolangandi.
Memorandumda ikki davlat o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ta'limiy, ilmiy va axborot sohalarida hamkorlik, xalq diplomatiyasini mustahkamlash va rivojlantirish hamda ikki xalqni yaqinlashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026