Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi
Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Kun.uz
Prezident farmoni bilan ichki ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar berdi.
U endi prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayevga o‘rinbosarlik qiladi.
Oldinroq Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelgan Aziz Toshpo‘latov ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangani, shu munosabat bilan Po‘lat Bobojonov lavozimdan ozod etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Po‘lat Bobojonov (1961 yilda tug‘ilgan) 2017 yil sentabr oyidan buyon Ichki ishlar vazirligini boshqarib kelayotgandi.
U muqaddam Buxoro va Jizzax viloyatlarida prokurorlik qilgan, 2012 yildan 2017 yilgacha Xorazm viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

16:18 / 01.05.2025
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga rektor tayinlandi

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025