Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda bog‘cha tarbiyachisi 5 yoshli bolani kaltakladi
Avvaliga tarbiyachi bolaga baqirib, keyin uni shapatilab urgan. Holat Denov tumanidagi 16-bog‘chada bo‘lgani aytilmoqda.
Foto: Videodan kadr
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida tarbiyachi ayol 5 yoshli bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 13 avgust sanasida Surxondaryo viloyati Denov tumanining 16-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan.
Videoda mustaqillik haqidagi she’ni yodlatmoqchi bo‘lgan xodim yig‘layotgan tarbiyalanuvchilardan biriga baqirib, go‘yoki tinchlantirish uchun kaltaklagani ko‘rinadi. Shuningdek, ayolning bolalarga qarata “qo‘ling tizzangda tursin”, degan buyrug‘i va asabiy ohangdagi ovozi ham eshitilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Kun.uz'ga ushbu holat o‘rganilayotganini, qo‘shimcha axborot taqdim etilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil may oyida Andijondagi bog‘cha tarbiyachisi ham bolalardan birini qattiq siltab, yuziga tarsaki tushirgan holda urgandi.
Mavzuga oid
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
11:45 / 24.01.2026
Xorazmda xususiy bog‘cha vafot etgan bolalarni tarbiyalanuvchi sifatida ko‘rsatib, subsidiya o‘zlashtirdi
18:21 / 17.01.2026