Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi
Raqobat qo‘mitasi birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foizlik spred (cheklov) o‘rnatdi. Ushbu yoqilg‘i narxi oxirgi 5 oy ichida qariyb 2 barobargacha qimmatlashib ketgandi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Respublika tovar-xomashyo birjasida propan narxining yuqori chegarasini belgiladi. Bu haqda bir nechta bozor ishtirokchilariga tayanib Spot xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘mitaning 5 noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab suyultirilgan gaz uchun boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foiz miqdorida cheklov (spred) joriy etilgan.
Ushbu qaror narxlarga sezilarli ta’sir qila boshlagan. Xususan, 6 noyabr kungi savdolarda propanning o‘rtacha narxi tonnasiga 1,2 mln so‘mdan ko‘proqqa pasayib, 8,9 mln so‘mgacha arzonlashgan.
Avvalroq, 5 iyundan 5 noyabrgacha bo‘lgan davrda birja savdolarida propanning 1 tonnasi 5,3 mln so‘mdan 10,2 mln so‘mgacha yoki 91,4 foizga oshgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:20
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
13:10 / 02.11.2024
Oktyabrda 1 porsiya osh narxi qancha bo‘lgani aytildi
15:40 / 30.10.2024