Oxirgi oylarda propan va AI-80 benzini narxi yonilği quyiş şoxobçalarida keskin qimmatlaşdi. Ayrim hududlarda taqçillik ham kuzatilyapti. Uşbu yonilği mahsulotlarining qimmatlaşişi birjada narxlar oşgani fonida röy beryapti.
5 oyda qariyb 2 barobar narx oşişi
5 iyun holatiga propanning 1 tonnasi 5 mln 320,4 ming sömdan sotilgan bölsa, bu 5 noyabrga kelib 10 mln 186 ming sömgaça qimmatlaşgan. Ya’ni 5 oy davomida uşbu mahsulot bahosi 91,4 foizga oşgan.
Rasmiy statistikaga köra, propan narxi oktyabr oyida 1,2 foizga, yillik hisobda 32,7 foizga qimmatlaşgan.
1 avgust kuni Raqobat qömitasi birja orqali realizatsiya qilinişi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qöyilişi va sotilişi yuzasidan tegişli örganişlar olib borib, qöşimça axborot berilişini ma’lum qilgandi. Ötgan davr mobaynida propan narxi yanada qimmatlaşdi, qömita esa örganiş işlarining natijasi haqida ma’lumot bergani yöq.
Avvalroq, energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov propanning birjadagi narxlari keskin qimmatlab ketganini propan-butan işlab çiqariş yetarli darajada oşmagani, propanda harakatlanuvçi avtotransportlar soni esa 1,57 baravar köpaygani bilan xaspöşlagandi.
AI-80 narxi ham qimmatlaşdi
5 noyabr holatiga AI-80 benzinining 1 tonnasi 9 mln 998 ming sömgaça qimmatlaşdi. Taqqoslaş uçun, ötgan yilning mos davrida ötkazilgan savdolarda uşbu markadagi benzinning har tonnasi 7 mln 375 ming sömdan sotilgan. Bir yil davomida birja narxlari 26,2 foizga oşdi.
Qöşni mamlakatlarda narxlar qanday?
Globalpetrolprices.com sayti ma’lumotlariga köra








