Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EMS Uzbekistan pochta jo‘natmalari xizmatlarini milliy valyutada qabul qilishni boshladi
Foto: EMS UZBEKISTAN
EMS Uzbekistan - O‘zbekistonning xalqaro tezkor pochta xizmati «O‘zbekiston pochtasi» AJ «Xalqaro pochta tezkor pochta» filiali 5 sentabrdan boshlab pochta aloqasi xizmatlari, shu jumladan, xalqaro tezkor jo‘natmalar uchun to‘lovlarni milliy valyutada qabul qiladi. Ushbu tariflar bilan quydagi havola orqali tanishish mumkin
Milliy valyutaga o‘tish joriy yilning 2 sentabrida e'lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga asoslangan. Unga ko‘ra O‘zbekistonda tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun narxlar va tariflar faqat milliy valyutada belgilanadi.
«O‘zbekiston pochtasi» AJning universal pochta xizmatlari, posilkalar, banderollarni, kurerlik va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishidagi narxlar o‘zgarishsiz qoldirildi hamda faqat milliy valyutada qabul qilinadi .
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida EMS Uzbekistan xizmatlari «O‘zbekiston pochtasi» AJning pochta aloqa bo‘limlarida ham ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
14:50 / 22.11.2025
O‘zbek so‘mi ramzini yaratish: boshlangan ish oxiriga yetkaziladimi?
13:57 / 07.11.2025
Pochta va kurerlik jo‘natmalari uchun yangi bojxona tartibi tasdiqlandi
00:58 / 22.08.2025
Yevropadagi pochta operatorlari AQShdan jo‘natmalar qabul qilishni to‘xtatadi
10:49 / 10.03.2025