Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya qog‘oz xatlardan butunlay voz kechdi
Raqamlashtirish tufayli mamlakatda oddiy xatlarga talab yo‘qolmoqda - 2000 yildan beri ularning soni 90 foizga kamaydi.

Foto: Freepik
Daniyada 1624 yildan beri xat va jo‘natmalarni yuborish uchun universal pochta xizmati faoliyat ko‘rsatib kelardi, biroq raqamli xizmatlar bozorining rivojlanishi natijasida qog‘oz hujjatlardan foydalanish keskin kamaydi. Bugungi kunda mamlakat dunyodagi eng raqamlashtirilgan davlatlardan biri sanaladi: har qanday ehtiyoj uchun tegishli dasturlar mavjud, hujjatlar smartfonda saqlanadi, hukumat idoralari esa hisob-kitoblarni internet orqali yuboradi.
Aynan shu sababli Daniya pochta xizmati qog‘oz xatlardan butunlay voz kechib, o‘rniga faqat posilkalar yetkazish rejasini e’lon qildi, chunki xat bozori endi daromad keltirmaydi. Masalan, 2000 yildan buyon xatlar soni yiliga 1,4 milliarddan 110 milliongacha kamaygan. Bugungi kunda esa mamlakat aholisining 95 foizi raqamli pochtadan to‘liq foydalanishga o‘tgan.
“Raqamlashtirishning jadal o‘sishi natijasida Daniyada xatlar soni keskin kamayib bormoqda. Shu sababli PostNord 2026 yildan boshlab xat yetkazib berishni to‘xtatadi va o‘z e’tiborini daniyaliklar uchun eng ma’qul pochta jo‘natmalarini yetkazishga qaratadi”, — deyiladi PostNord davlat kompaniyasi bayonotida.
O‘zgarishlar pochta xodimlariga ham ta’sir qiladi. PostNord kompaniyasi 4600 nafar xodimidan kamida 1500 nafarini ishdan bo‘shatishga va ko‘chalardan minglab pochta qutilarini olib tashlashga majbur bo‘ladi. Biroq zarurat tug‘ilganda, odamlar boshqa tashkilotlar orqali xat yuborishi mumkin.
Ayni paytda Yevropaning ko‘plab pochta xizmatlari jadal raqamlashtirish bilan yuzma-yuz kelmoqda. Masalan, Germaniyaning Deutsche Post kompaniyasi xarajatlarni kamaytirish uchun 8000 dan ortiq ish o‘rinlarini qisqartirishiga to‘g‘ri keldi. Buyuk Britaniyaning asosiy pochta biznesi Royal Mail haftaning muqobil kunlarida shoshilinch bo‘lmagan xatlarni yetkazib berish orqali yuz millionlab funtlarni tejashga harakat qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Umra xizmatlarini noqonuniy amalga oshirayotgan shaxslar faoliyatini aniqlash maqsadida “Sirli mijoz” tadbiri o‘tkaziladi
Jamiyat | 10:54
-
2025 yil moda ranglari - tabiat, hissiyot va jasorat uyg‘unligida
Ayollar dunyosi | 10:43
-
Intellektual mulk himoyasi bo‘yicha ayrim qonunlar o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 10:32
-
«O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzin narxi arzonlashtirilgani haqida xabar berdi
Iqtisodiyot | 10:30
Mavzuga oid

07:11 / 04.08.2025
Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

20:52 / 29.07.2025
Odamlarning kundalik ishi tushadigan joylarda «korrupsiyaviy tuynuklar» yo‘qolmagani qayd etildi

19:47 / 27.07.2025
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi

11:21 / 09.07.2025