23 agustdan boşlab Norvegiya, Şvetsiya va Belgiya poçta operatorlari bojlar bilan boğliq vaziyatga aniqlik kiritilmaguniga qadar AQŞdan jönatmalar qabul qiliş va jönatişni töxtatadi.
Posten Bring, PostNord va bpost ma’lum qilişiça, AQŞda qiymati 800 dollargaça bölgan jönatmalar uçun imtiyozlar bekor bölganidan söng mana şu qarorga kelingan. Ilgari bunday jönatmalar bojxona yiğimidan ozod qilingandi.
29 avgustdan kuçga kiradigan yangi qoidalarga köra, jönatuvçilar bojxona yiğimini jönatma AQŞga yetkazilişidan avval tölaşi kerak.
"AQŞ bojxona organlari tomonidan bu jarayon tafsilotlariga aniqlik kiritilganiça yöq", - deyiladi Posten Bring xabarnomasida.
Qayd etilişiça, qiymati 100 dollargaça va 800 dollardan ortiq jönatmalar uçun qoidalar özgarmagan.












