Jamiyat | 11:49 / 24.05.2018
15336
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

 Uybor’dan TOR 4 yangilik: barchasi yanada qulay

Dizayn

Uybor’ning yangilangan zamonaviy dizayni sayt foydalanuvchilarini mamnun qilishi aniq. Ayniqsa, mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan yangicha qiyofadagi interfeys orqali kerakli ma'lumotlarni yanada qulayroq izlash yohud joylashtirish mumkin.

Foto: Uybor
Foto: Uybor

Tezlik

 

Uybor yanada tezroq va samaraliroq ishlay boshlamoqda. Dastur qaytadan yozilgan bo‘lib, kattaroq tezlikni ta'minlaydi. Bundan tashqari, portal endilikda yanada kengroq auditoriyaga xizmat qila oladi.

  1. Uy izlovchilar uchun yangi imkoniyatlar

Yangi inshootlarni topish yanada osonroq: Yangi qurilgan binolarni qidirishda maksimal qulaylik yaratish maqsadida, endilikda Uybor’da e'lon joylashtiruvchi ilg‘or developerlar va ularning yashash majmualari sahifasiga asosiy menyu orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish mumkin.  

Uylar haqida batafsil, ko‘proq ma'lumot: Toshkent shahrida joylashgan turar-joylarni izlovchi mijozlar uchun qo‘shimcha ma'lumotlar taqdim etila boshlandi. Masalan, mavjud uylar yaqinidagi hududda qanday maktab, bog‘cha, supermarket, metro bekati yoki boshqa infratuzilmalar joylashganligi yangilangan Uybor’da ko‘rsatib o‘tiladi.  

Karta orqali qulay qidiruv imkoniyati: Yandex xaritasi yordamida foydalanuvchi uy izlashi, shuningdek, istalgan hududni chizib, uning ichidagi uylarni ko‘zdan kechirishi yanada osonlashdi.  

  1. Uy sotuvchi yoki ijaraga beruvchilarga yangi imkoniyatlar

E'lon joylashtirish soddalashdi: Avvallari Uybor portalida e'lon joylashtirish uchun ikkita qadamni amalga oshirish zarur edi:  birinchi ro‘yxatdan o‘tilib, elektron manzilni kiritish talab etilar edi. Keyin esa e'lon joylashtirilar edi.

Endilikda foydalanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z e'lonini yuklashi mumkin. Mazkur jarayonda foydalanuvchi taqdim etgan telefon raqam va ismi orqali avtomatik tarzda Uybor’dan ro‘yxatdan o‘tadi.

E'lonni reklama qilish imkoniyatlari kengaydi: Yangidan-yangi hizmat turlari qo‘shildi. Masalan, tezkor e'lon xizmati foydalanuvchi e'lonini bir oy davomida har uch kunda ro‘yxatda ko‘rsatib turadi.  Sombo hizmati esa bir necha turdagi reklama qilish usullarini jamlagan bo‘lib, foydalanuvchi uchun maksimal darajada qo‘ng‘iroqlar bo‘lishini ta'minlab beradi.

Endilikda Uybor’dan foydalanish va turar-joy savdosini amalga oshirish har doimgidanda qulay, tezkor, samarali. Uyborga tashrif buyuring va yangi xizmatlar orqali o‘z biznesingizni amalga oshiring.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid