O‘zbekiston | 11:11 / 16.06.2022
9014
2 daqiqa o‘qiladi

2022 yil uchun sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholashning yangi tizimi joriy etilmoqda

2022 yil uchun sektorlar rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning yangi tizimi joriy etilmoqda. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

Foto: Shutterstock

Agentlik xabariga ko‘ra, baholashning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar yig‘indisi;
  • yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar yig‘indisi;
  • xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar yig‘indisi;
  • mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar (48 turdagi mahallada sodir etilgan jinoyatchilikni o‘tgan yilga nisbati);
  • sektor rahbarlari shaxsiy tashabbuskorligi bilan amalga oshirilgan ishlari (yo‘l qurish, ichimlik suvi bilan ta’minlash, gazlashtirish, obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari va boshqa);
  • tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari sohaviy xizmat faoliyati samaradorligi baholash natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • tuman (shahar) aholisi va MFY raislari sektorlar faoliyatidan qoniqish darajasi bo‘yicha so‘rovnoma natijalari;
  • Shuningdek, sektorlar rahbarlari bilimini ilm.argos.uz platformasi orqali sinovdan o‘tkazish natijalari ham hisobga olinadi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid