Yagona milliy baholaş standarti transport vositalari qiymatini baholaşga bağişlangan yangi bölim bilan töldirildi (15-son MBS).
Xususan, şikastlangan transport vositalarining qiymatini baholaşda baholovçi şikastlangan transport vositalarini ta’mirlaş (tiklaş) qiymatini va transport vositasiga yetkazilgan zarar miqdorini, şuningdek ularning tovar qiymati yöqotilişini aniqlaydi.
Baholaş obektlarining bozor qiymatini aniqlaşda ularni sotiş bilan boğliq taşkiliy faoliyat (ommaviy savdolar, reklama va şu kabilar) xarajatlari hisobga olinmaydi.
Baholovçi baholaş yondaşuvlari va usullarini tanlaş hamda qöllaş uçun yetarli bölgan hajmda baholaş obekti töğrisidagi axborotni va bozorga oid axborotni töplaydi hamda tahlil qiladi.
Baholaş obekti töğrisidagi axborotning asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
• buyurtmaçi yoki boşqa vakolatli şaxs tomonidan taqdim etiladigan boşlanğiç axborot;
• baholaş obektini közdan keçiriş çoğida baholovçi tomonidan olingan axborot;
• uçinçi şaxslar va taşkilotlardan olingan ma’lumotlar, şuningdek, OAV va internetda e’lon qilingan ma’lumotlar.
Baholaş obektini baholaşda baholovçi qiyosiy, daromad va xarajat yondaşuvlaridan birini qöllaydi.
Qiyosiy yondaşuv analog obektlarning bozor qiymati töğrisidagi ma’lumotlarga va ularning qiymatini taqqoslaş elementlari böyiça tuzatişga asoslangan qiymatni hisoblaş usullari töplamidan iborat.
Daromad yondaşuvi tijorat maqsadlarida foydalanilayotgan baholaş obektining joriy qiymatini kelgusi daromadlar summasi sifatida aniqlaşga asoslanadi. Baholaş obekti qiymatini daromad yondaşuvi bilan baholaşda daromadni töğridan-töğri kapitallaştiriş usulidan foydalaniladi, baholaş obekti qiymati esa sof operatsion daromad körsatkiçini kapitallaştiriş stavkasiga böliş orqali aniqlanadi.
Xarajat yondaşuvi transport vositasining qiymatini uning töliq takror işlab çiqariş qiymatidan yoki almaştiriş qiymatidan jami eskirişni çiqarib taşlaş yöli bilan aniqlaşga asoslangan.












