Ommaviy baholaş Kadastr agentligi huzuridagi Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi tomonidan ötkaziladi.
Ommaviy baholaşni ötkaziş tartibi quyidagilarni öz içiga oladi:
- obektlar qiymatini aniqlaş uçun zarur bölgan ma’lumotlarni, şu jumladan köçmas mulk bozori töğrisidagi ma’lumotlarni töplaş va tahlil qiliş;
- ommaviy baholanişi lozim bölgan obektlarni guruhlaş;
- narx va baholaş böyiça köçmas mulk bozori töğrisidagi ma’lumotlarni tahlil qiliş asosida obektlarni segmentlaş yöli bilan ommaviy baholanişi lozim bölgan hududlarni zonalaştiriş;
- narxni şakllantiruvçi omillarni va ularning obektlar qiymatini aniqlaşga ta’sir darajasini (koeffitsiyentini) aniqlaş;
- obektlar qiymatini aniqlaş;
- ommaviy baholaş natijalarini tasdiqlaş.
Ommaviy baholaşni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş rejalaştirilmoqda:
- 2025-2026 yillarda – tajriba tariqasida Toşkent şahrida;
- 2026-2027 yillarda – Nukus şahri va viloyat markazlarida;
- 2027 yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.
Quyidagi ma’lumotlar olinadi va tahlil qilinadi:
- narxni şakllantiruvçi omillar;
- elektron savdo maydonçalari, şu jumladan obektlarni sotiş va ijaraga beriş, şuningdek, köçmas mulk bilan boğliq operatsiyalar böyiça taşkilotlarda tuzilgan notarial tasdiqlangan bitimlar töğrisidagi e’lonlar, şuningdek, tijorat banklari va boşqa kredit taşkilotlarining obektlarning garov qiymatini öz içiga olgan ma’lumotlari;
- turli baholaş yondaşuvlari doirasida obektlar qiymatini aniqlaş uçun zarur bölgan boşqa ma’lumotlar.











