Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman: Tezlik oshirib yuborilganda radarda qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat ayirib jazo qo‘llanadi
Endilikda haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida barcha holatlarda tezlikdan 5 km/soat chegirib tashlab jazo qo‘llanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma'muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi.
Qonunga ko‘ra, amaliyotda bahsli mavzuga aylangan masala o‘z yechimini topdi. Ya'ni endilikda transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborganda tezlikni o‘lchaydigan maxsus uskunalar qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib tashlab hisoblash tartibi joriy etilmoqda. Shu vaqtgacha amaliyotda faqat birinchi o‘lchovdagina 5 km/soat ayirib tashlanib, ikkinchi va uchinchi o‘lchovlarda bu tartib qo‘llanmayotgan edi.
Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin.
Bundan oldinroq Kun.uz’da tezlikni oshirganda ruxsat etilgan +5 km/soat nega faqat birinchi o‘lchovda qo‘llanayotgani haqida maqola e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
15:49 / 18.07.2025
O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan radarlar ro‘yxati ochiqlandi
15:21 / 17.06.2025
Kamera yozgan qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiksa, jarima qo‘llanmaydi
18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
18:04 / 16.05.2025