O‘zbekiston | 10:01 / 01.12.2021
17753
2 daqiqa o‘qiladi

Transport old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi

Foto: drive2.ru

"Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma'muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

  • Haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin.
  • Haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km chegirib tashlab jazo qo‘llanadi.
  • Haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi bo‘lganida transportni boshqarish, ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sug‘urtani yonida olib yurishi talab etilmaydi. Mazkur tartib 2022 yil 1 martdan kuchga kiradi.
  • Transport salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi.
  • Valutalarni noqonuniy olganlik uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha etib belgilandi, ilgari qat'iy bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari edi.
  • Avtomobilda yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashiganlik uchun fuqarolarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari etib belgilandi, ilgari bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 100 baravarigacha edi.

Mavzuga oid