Haydovçi harakat tezligi 70 km/soat qilib çegaralangan hududda 91 km/soat tezlikda harakatlanib kelsa, unga 1 mln 225 ming söm jarima qöllanib kelinayotgani barçaga ma'lum. Aslida qonunçilikka köra, uşbu holatda “+5 km/soat” qoidasi inobatga olinişi, ya'ni harakatlaniş tezligidan 5 km/soat ayirib taşlab, uning tezligi 86 km/soat deb hisoblanişi lozim. Biroq, uşbu notöğri amaliyot orqali haydovçilar 245 ming söm örniga 1 mln 225 ming söm jarimaga tortilmoqda.

Kun.uz bu haqda batafsil maqola e'lon qilgan edi.

Adliya vazirligi işlab çiqqan qonun loyihasida MJtKga mazkur muammoni hal qilişga qaratilgan norma qöşiş nazarda tutilgan.

Ya'ni, tezlikni oşiriş huquqbuzarligi sodir etilganda, radar va transport vositasi spidometri körsatkiçlaridagi yöl qöyilişi mumkin bölgan jami nuqsonlar hisobga olinib, radar qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib taşlangan holda, ma'muriy jazo çorasi qöllaş taklif etilyapti.

Kun.uz bu yangilik haqida batafsil ma'lumot oliş uçun qonun loyihasini işlab çiqişda iştirok etgan Adliya vazirligi Qonunçilik boş boşqarmasi bölim boşliği Şuhrat Madiyarov bilan boğlandi.

Uning aytişiça, loyihada taklif etilayotgan normaning mazmuni şundaki, masalan, harakat tezligi soatiga 70 kilometr deb belgilangan joyda, maxsus uskunalar (radar) orqali qayd etilgan avtotransport vositasining harakat tezligi soatiga 94 kilometrni taşkil etsa, undan soatiga 5 kilometr ayirib taşlab, MJtKning 128-3-moddasi ikkinçi qismi (harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan köp bölmagan kattalik) bilan emas, balki birinçi qismi