Avto | 12:45 / 06.09.2025
23625
1 daqiqa o‘qiladi

Keyingi yildan O‘zbekistonda ham ismni mashinaga raqam qilib qo‘ysa bo‘ladi

2026 yil 1 yanvardan boshlab oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan «noyob» davlat raqami belgilarini kimoshdi elektron savdolari orqali sotish boshlanadi.

Sun’iy idrok yordamida qayta ishlangan surat

2026 yil 1 yanvardan boshlab «Uzavtomotobelgi» davlat unitar korxonasiga avtomototransport vositalari uchun oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan «noyob» davlat raqami belgilarini ochiq kimoshdi elektron savdolarini o‘tkazish orqali berish huquqi berildi. Bu haqda tegishli hukumat qarori qabul qilindi, deya xabar berdi O‘zA.

Bunda «noyob» davlat raqami belgilari amaldagi davlat raqami belgilarini takrorlamasligi, qonunchilikka va axloqiy normalarga xilof ma’noga ega bo‘lmasligi kerak.

Masalan, endi ko‘chalarda «SARVAR», «AZIZA», «ODIL» yoki «BUXORO» deb yozilgan raqamli mashinalarni ko‘rishimiz mumkin.

Mavzuga oid