Buxoroda maşinasining davlat raqam belgisini özgartirib boşqarib yurgan haydovçi aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati YHXB matbuot xizmati rahbari Uluğbek Şukurullayev xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, viloyatning Vobkent tumanida yaşovçi şaxs özining «Mitsubishi» maşinasiga taqilgan Rossiyaga tegişli davlat raqam belgisini özgartirib, yuqori tezlikda harakatlanib yurgan. U boşqa bir davlat raqami belgisining hududga tegişliligini bildiruvçi 116 RUS qismini kesib olib, özining Ye 116 AS 702 RUS davlat raqamining 702 RUS qismiga örnatib yurgan.

Haydovçi ayni şu tariqa harakatlanib yurib tezlikni oşirgani uçun 145 marta radarga tuşgan. Şundan söng maşina qidiruvga berilgan. Uning jarimalari miqdori 89 mln 147 ming sömga yetgan.

Maşina va uning egasi 10 fevral kuni Buxoro şahrida uşlangan. Maşina jarima maydoniga qöyilgan.
Avvalroq Samarqandda boşqa maşinaning raqamini taqib 76 marta qoida buzgan haydovçi uşlangani xabar qilingandi.








