Sirdaryoda davlat raqam belgisini özgartirgan holda taqib harakatlangan yuk maşinasi haydovçisiga çora körildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ZIL-53 rusumli transport vositasi haydovçisi davlat raqam belgisini özgartirgan holda taqib harakatlangani aks etgan videolar tarqaldi. Unda körinişiça, haydovçi yuk maşinasiga davlat raqam belgisi örniga 20 FARRUX belgisini taqib olgan.
Holat Sirdaryo viloyati YHXB mas’ul xodimlari tomonidan örganilib, qoidabuzar haydovçi aniqlandi. Haydovçi bu iş qonunbuzarlik ekanini bilganini aytib, keçirim söragan.
“Qonunbuzarlik ekanini bilardim. Endi öşa nomerlar çiqadi deganga qiziqişga qöydik. Uzr sörayman. Boşqalarga bunday özboşimçalik bilan iş qilmasliklarini sörab qolamiz”, degan haydovçi.
Qoidabuzarlik böyiça yöl-patrul xizmati inspektorlari tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan hamda transport vositasi vaqtinçalik saqlaş uçun jarima maydoniga joylaştirilgan.
Ma’lumot uçun, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 125-moddasi 6-qismiga köra, davlat raqam belgisi yasama yoki özga usullarda özgartirilgan transport vositalarini, xuddi şuningdek, davlat raqam belgisi ayni şu transport vositasiga tegişli bölmagan transport vositasini boşqariş BHMning 10 baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Eslatib ötamiz, 2026 yil 1 yanvardan boşlab oltitagaça harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat bölgan “noyob” davlat raqami belgilarini kimoşdi elektron savdolari orqali sotiş boşlanadi. Bunda “noyob” davlat raqami belgilari amaldagi davlat raqami belgilarini takrorlamasligi, qonunçilikka va axloqiy normalarga xilof ma’noga ega bölmasligi kerak.

















