Biznes | 12:47 / 25.04.2026
3957
1 daqiqa o‘qiladi

Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi

AQSh moliya markazi - Uoll-stritda yirik treyding kompaniyalaridan biri rekord darajada daromad qayd etib, global moliya bozorlarida yangi tendensiyalarni namoyon qildi.

Foto: bloomberg

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Jane Street treyding kompaniyasi taxminan 40 mlrd dollar daromad ko‘rsatkichiga erishdi. Bu natija uni an’anaviy investitsion banklardan ham ustun qo‘yib, moliya bozoridagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirayotganini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday yuqori daromadlar asosan algoritmik savdo (quant trading) va yuqori tezlikdagi operatsiyalar hisobiga ta’minlanmoqda. Zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish kompaniyalarga bozordagi kichik o‘zgarishlardan ham maksimal foyda olish imkonini bermoqda.

Shu bilan birga, global bozorlarda noaniqlik kuchayib borayotgan bir paytda, ayrim treyding kompaniyalari aynan shu volatillikdan foydalanib, daromadlarini oshirmoqda. Bu esa moliya sohasida yangi tendensiya — texnologiyaga asoslangan treyding modellarining ustunligi kuchayib borayotganini anglatadi.

Tahlilchilar fikricha, bunday natijalar kelgusida investitsion banklar va klassik moliya institutlari uchun jiddiy raqobat muhitini yaratishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid