Asr boşlari. Inflatsiya juda past, global iqtisodiyot muttasil ravişda ösib borardi. Moliyaçilardan tortib hukumat vakillarigaça oltin davr kelganiga işonar, Ğarb jamiyatida "Inqirozlar davri tugadi, biz iqtisodiyotni boşqarişni töliq örganib oldik", degan işonç hukm surardi. Biroq, 2008 yilda bu çiroyli illyuziya şiddatli ravişda çilparçin böldi.

Kutilmaganda halokatli turğunlik boşlanib, tik turgan moliyaviy imperiya poydevori pufakdan yasalgani ayon böldi. Uoll-stritdagi "xatarli spekulyatsiyalar" hamda bir guruh oçköz brokerlarning qaltis öyini butun sayyorani halokat botqoğiga tortdi.

Xöş, trillionlab dollarlarni havoga uçirgan, millionlab odamlarni uysiz, işsiz qoldirgan 2008 yilgi inqiroz qanday kelib çiqqandi? Sabablar nima?

Hammasi qanday boşlandi?

2008 yilgi global moliyaviy inqiroz AQŞda boşlandi. Uning asosiy şart-şaroitlari ham aynan şu yerda yillar davomida şakllanib kelgan edi. Iqtisodçilar inqirozga olib kelgan sabablar haqida hali ham bahslaşişadi, biroq eng köp e’tirof etiladigan bir neçta asosiy omillarni ajratib körsatiş mumkin.

Kredit stavkalarining pasaytirilişi. 2000-yillarning boşida AQŞda “dotkom pufagi” oqibatlarini yumşatiş uçun foiz stavkalari keskin ravişda pasaytirila boşlandi. Federal zaxiraning asosiy stavkasi 2000 yil may oyida 6,5 foizni taşkil etgan bölsa, bu körsatkiç 2001 yilning dekabriga borib 1,75 foizgaça tuşirildi. Past stavkalar sabab banklar arzon kreditlarga ega böldi. Natijada ular iste’mol kreditlari va ipotekalarni köproq bera boşladi, hatto işonçsiz qarz oluvçilarga ham qarz ajratildi. Bu esa ipoteka kreditlari hajmining keskin oşişiga va köçmas mulk bozorida pufak paydo bölişiga olib keldi.

Bu quyidagiça röy berdi: pul arzonligi şaroitida banklar kreditlar uçun talablarni ança yumşatdi: qarz oluvçilarning kredit tarixiga, daromadiga va iş turiga qöyiladigan şartlar kamaytirildi, boşlanğiç badal ham kiçraytirildi. Natijada köçmas mulkka talab keskin oşdi va uy narxlari juda tez qimmatlaşdi. Qisqa muddatda xavf ostidagi ipoteka kreditlarining uluşi 2,5 foizdan 15 foizgaça oşdi.

Şuningdek, özgaruvçan foiz stavkali ipoteka kreditlari paydo böldi. Bu modelda dastlabki 2-3 yil davomida foiz stavkasi juda past bölgan. Odamlar "hozir tölovim kam-ku, keyinçalik daromadim oşsa yopib yuboraman yoki uyning narxi oşsa, uni sotib foyda köraman", degan öy bilan katta miqdorda qarz ola boşladi. Biroq, imtiyozli davr tugagaç, foiz stavkalari bozorga qarab keskin kötarilgan va oylik tölovlar odamlarning daromadidan ham oşib ketgan. Dastlab faqat foizlar yoki juda kiçik miqdor tölangan, asosiy qarz esa muddat oxiriga qoldirilgan. Bu psixologik tuzoq edi: odamlar bugungi arzon tölovga uçib, kelajakdagi ulkan majburiyatni hisobga olmay qöyadi.