Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 600 dollar evaziga fuqaroga soxta hujjat tayyorlab bergan kadastr xodimi ushlandi
Buxoro viloyati Shofirkon tumanida 600 AQSh dollari evaziga uy-joyga bo‘lgan egalik huquqini beruvchi soxta hujjat tayyorlash orqali firibgarlik qilgan kadastr bo‘limi xodimi qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda, Davlat kadastrlari palatasi Shofirkon tumani filiali kadastr muhandisi xizmat mavqeyidan foydalanib, o‘zga bir fuqaroni aldagani aniqlangan.
U, tuman qurilish bo‘limining mansabdor shaxslariga pora berish orqali, fuqaroning Shofirkon tumani, Sultonobod mahallasidagi uy-joyini turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirib berishni va'da qilib, evaziga undan 600 dollar talab qilgan. So‘ng ushbu pullarni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 24.11.2025
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
08:31 / 20.11.2025
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi
13:00 / 01.11.2025
Buxoro biyennalesida amerikalik rassom shirinliklardan pavilion qurdi
12:19 / 30.10.2025