Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda advokat 1500 dollar olayotganda ushlandi
Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi advokat firibgarlik bilan 1500 AQSh dollari olayotganda ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Romitan tumani Qoqishtuvon mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Q.H. huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilgan. Unda turmush o‘rtog‘ining huquqlarini sudda himoya qilayotgan advokat Olot tumani Denov mahallasida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan H.R. tamagirlik yo‘li bilan 2 500 dollar talab qilayotganini bayon etgan.
Ayolning murojaati asosida viloyat IIB, prokuratura va Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida advokat H.R. talab qilingan puldan 1500 dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan H.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:51 / 02.04.2026
Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi
20:37 / 16.03.2026
Jizzaxda «operativnik» firib ustida qo‘lga olindi
21:12 / 15.03.2026
Jizzaxda tenderda g‘olib chiqishga yordam berish evaziga pul talab qilganlar ushlandi
09:12 / 09.03.2026