O‘zbekiston | 17:14 / 22.09.2018
7702
3 daqiqa o‘qiladi

Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘i qanday sug‘urtalanadi?

Foto: Pinterest

Oliy sud sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urta qilish qoidalarini ishlab chiqdi. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
 
Norma’ning yozishicha, «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunning 76-moddasida sudyalarning hayoti va sog‘lig‘i byudjyet mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urta qilinishi ko‘rsatilgan, shuningdek sug‘urta hodisalari ro‘yxati va sug‘urta pulining miqdorlari belgilangan. QHTBT portalida muhokama qilinayotgan loyihada ushbu normani amalga oshirish algoritmi keltirilgan.
 
Quyidagilarni belgilash taklif etilmoqda:  

• davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi sug‘urta qildiruvchi (Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud) va sug‘urtalovchi («O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi) o‘rtasida 1 yil muddatga tuziladi;
• har bir sug‘urtalangan shaxs oldidagi sug‘urtalovchi majburiyatlarining cheklangan hajmi sudyaning 50 oylik ish haqi miqdorini tashkil etadi;
• davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urta pulini sug‘urtalangan shaxslar soniga va 0,238% miqdorida belgilangan sug‘urta tarifiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
 
Sug‘urta qoplamlarini to‘lash bo‘yicha taklif etilayotgan qoidalar jadvalda keltirilgan:

Sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, sug‘urtalangan shaxsga (naf oluvchiga) sug‘urta pulini to‘lash to‘g‘risida ariza bilan yozma murojaat qilgan kundan e'tiboran 15 ish kunidan kechiktirmay rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda bu haqda xabar berish shart.   
 
Loyiha rad etilishi, o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimcha kiritilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid