O‘zbekiston | 09:16 / 25.12.2019
61646
2 daqiqa o‘qiladi

Savdo sohasida qator taqiqlar joriy etiladi

Foto: Advantour

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 4-2 kichik band bilan to‘ldiriladi:

“4-2. Tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) yer osti yo‘llarida, ko‘priklarda, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”;

189-band (Ushbu Qoidalarni buzganlik quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoiy kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi) quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) taqiqlangan joylarda sotish”.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarining 13-bandi (Bozor hududida quyidagilar taqiqlanadi) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“tovarlar (mahsulotlar) va xizmatlarni bozorga kirish va chiqish yo‘laklarida, bozor hududidagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid