Prezident Falastin xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 1,5 mln dollar ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha BMT Yaqin Sharq agentligi tomonidan olib borilayotgan Falastin xalqi uchun gumanitar yordam ko‘rsatish tadbirlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida agentlikka gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 1,5 million dollar ajratiladi.
“Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga gumanitar yordam ajratish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) tomonidan olib borilayotgan Falastin xalqi uchun gumanitar yordam ko‘rsatish tadbirlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida agentlikka gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 1,5 million AQSh dollari ajratiladi.
Bundan oldin Shavkat Mirziyoyev hozirgi kunda butun dunyoda katta tashvish va xavotir uyg‘otayotgan masalaga to‘xtalib o‘tgandi.
«Ma’lumki, Isroil armiyasi va HAMAS harakati o‘rtasida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar gumanitar inqirozni chuqurlashtirmoqda, tinch, begunoh aholi orasida ko‘p sonli qurbonlarga olib kelmoqda.
Bolalar va ayollar halok bo‘lmoqda, odamlar boshpanasidan ayrilmoqda, o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda.
Biz Falastin va Isroil tomonidan qurbon bo‘lgan barcha insonlarning oilalariga chin dildan ta’ziya va hamdardlik izhor etamiz.
Men G‘azo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim.
Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz», - dedi prezident.
Mavzuga oid
17:39
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024