Prezident Şavkat Mirziyoyev gidroenergetika sohasida amalga oşirilayotgan loyihalar va energetika tizimini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş böyiça vazifalar ijrosi yuzasidan yiğiliş ötkazmoqda.
Kun tartibiga ötişdan oldin davlatimiz rahbari hozirgi kunda butun dunyoda katta taşviş va xavotir uyğotayotgan masalaga töxtalib ötdi.
«Ma’lumki, Isroil armiyasi va HAMAS harakati örtasida davom etayotgan qurolli töqnaşuvlar gumanitar inqirozni çuqurlaştirmoqda, tinç, begunoh aholi orasida köp sonli qurbonlarga olib kelmoqda.
Bolalar va ayollar halok bölmoqda, odamlar boşpanasidan ayrilmoqda, öz uylarini taşlab ketişga majbur bölmoqda.
Biz Falastin va Isroil tomonidan qurbon bölgan barça insonlarning oilalariga çin dildan ta’ziya va hamdardlik izhor etamiz.
Men Ğazo sektori aholisiga baholi qudrat yordam körsatiş uçun Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Yaqin Şarq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratiş haqida qaror qabul qildim.
Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi va Xavfsizlik Kengaşining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq öz mustaqil davlatini barpo etişga bölgan huquqini qöllab-quvvatlaymiz», - dedi prezident.

Zöravonlik yanada avj olaversa, bu xalqaro vaziyatning keng miqyosda izdan çiqişiga, qurolli töqnaşuvlarga yangi kuçlar tortilişiga olib kelişi ta’kidlandi.
«Bularning barçasi Yaqin Şarq mintaqasi bilan çeklanmay, uzoq ölkalarga ham tarqalib ketadigan, oqibatini başorat qilib bölmaydigan fojialarga olib kelişi mumkin.
Aynan şuning uçun ham biz har ikki tomonni zudlik bilan gumanitar maqsadlarda murosaga kelişga, jangovar harakatlarni töxtatib, nizoni tinçlik yöli bilan hal etişga çaqiramiz.
Ma’lumki, biz yaşayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi turli millat va konfessiyalar vakillarining özaro tinç-totuv hayot keçirişi böyiça noyob tajribaga ega.
Bu zaminda asrlar davomida musulmon, xristian va yahudiylar döstlik va hamjihatlikda yonma-yon yaşab kelyaptilar.
Men bugungi fursatdan foydalanib, barça yurtdoşlarimizga, avvalo, yoşlarimizga murojaat qilib, ularni turli yolğon taşviqotlarga berilmaslikka, qonunga zid xatti-harakatlar sodir etmaslikka çaqiraman.













