Sport | 09:19 / 18.10.2016
9925
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» «MYu» bahsida g‘olib aniqlanmadi. 8-turdan keyin APL turnir jadvali

Futbol bo‘yicha Angliya Premer-Ligasining 8-turini «Liverpul» — «Manchester Yunayted» o‘yini yakunlab berdi.

Liverpul shahridagi «Enfild» stadionida kechgan o‘yinda hisob ochilmadi — 0:0. O‘yindagi asosiy qahramon mehmonlar darvozaboni Devid de Xea bo‘ldi.

8-turdan keyin 17 ochkosi bor «Liverpul» 4-o‘rinni egallab turibdi. Unda oldinroqda «Manchester Siti» va «Arsenal» 19 tadan, «Tottenhem» 18 ta ochko bilan bormoqda.

14 ochko jamg‘argan «Yunayted» «Chelsi» va «Everton»dan pastroq pog‘onada joylashgan. Bu klublarda mos ravishda 16 va 15 ochkodan bor.

Liverpul – Manchester Yunayted 0:0 
Liverpul – Karius, Lovren, Matip, Klayn, Milner (Moreno, 86), Koutino, Xenderson, Mane, Djan, Firmino (Origi, 85), Starridj (Lallana, 60).
Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Smolling, Bayi, Blind, Fellayni, Pogba, Errera, Yang (Shou, 90), Ibragimovich, Reshford (Runi, 77).
Ogohlantirishlar: Bayi (44), Yang (45), Ibragimovich (90), Fellayni (90).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid