O‘zbekiston | 13:25 / 17.03.2021
36734
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar yana 100dan osha boshladi

16 mart kuni O‘zbekistonda yana 115 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi va jami holatlar soni 80 ming 858tani tashkil etmoqda. Bu so‘nggi oylarda kunlik o‘sish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir.

14 mart kuni ham O‘zbekistonda yangi holatlar soni 100dan oshiq bo‘lgan va bu 2020 yilning dekabridan buyon kunlik o‘sish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich bo‘lgandi. 15 mart kuni esa pasayish kuzatilgan - 65ta yangi holat.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 92tasi Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar bilan bog‘liq. Shuningdek, Toshkent viloyatida 18, Samarqand va Buxoro viloyatlarida 2tadan, Andijon viloyatida 1ta yangi holat aniqlangan.

16 mart kuni Toshkent shahrida 67 nafar, Toshkent viloyatida 10 nafar, Xorazm viloyatida 2 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 79450 (+79) nafarga yetdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 786 nafar bemor davolanmoqda, ularning 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bundan avvalroq Toshkent shahridan keyin Toshkent viloyatida ham karantin choralariga amal qilinishi ustidan nazorat kuchaytirilishi haqida xabar berilgandi.
 

Mavzuga oid