Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston poyezdlarni o‘tkazish jarayonini tezlashtiradi
Foto: Kazinform
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Fazliddin Sa'dullayev va «Qazaqstan temir joli» MK» AJ boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari Kanat Almagambetov «Sariog‘och - Keles» chegara o‘tish punkti o‘tkazish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda «Kazinform» xabar bermoqda.
O‘zbekiston temir yo‘llari yo‘nalishida yuk tashish hajmining oshishi oqibatida poyezdlarni yetkazib berish qiyinlashdi hamda vagonlar aylanmasi sezilarli darajada yomonlashdi.
Sutkasiga davlatlararo bu tutash punktda kamida 26 juft yuk vagonni qabul qilish va uzatishni ta'minlashga kelishib olindi (2017 yilda 17ta poyezd, oktabr-noyabr oylarida - 21 juft).
Vagonlarni samarali ishlatish, vagonlar aylanishini qisqartirish uchun tomonlar barcha zaruriy choralarni, shu jumladan, vagonlarni shakllantirish, qayta ishlashni tezlashtirish va oldindan ma'lumot almashish rejalariga o‘zgartirishlar kiritadilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarada transport vositalari to‘planib qolmasligining yo‘lini topgandi.
Mavzuga oid
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
12:57 / 23.12.2025
Deutsche Bahn'da kechikish rekordi: punktuallik 59 foizga tushdi
11:03 / 17.12.2025
«Mustaqillik maydoni» - «Paxtakor» yo‘nalishida poyezd nosozlik sabab to‘xtatildi
09:07 / 12.12.2025