Qozoğiston va Özbekiston davlat çegarasidagi çegaraoldi ötkaziş punktlarida avtotransport vositalarining töplanib qolişini tartibga soliş böyiça çoralarni muhokama qildi.

Qozoğiston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qömitasi matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuvda Özbekiston Davlat bojxona qömitasi raisi birinçi örinbosari Jasur Oripov, DBQning Toşkent viloyati böyiça Boşqarmasi boşliği Otabek Çoriyev, Turkiston oblasti böyiça Davlat daromadlari departamenti rahbari Alibek Tilegenov, Turkiston oblasti böyiça Davlat daromadlari departamenti rahbari örinbosari Yeldos Saudabayev, Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi Çegara xizmatining 2020-harbiy qismi qömondoni örinbosari Yermek Karimov, şuningdek, «Yallama» (Özbekiston) va «B.Konisbayev» (Qozoğiston) bojxona postlari rahbariyati iştirok etdi. 

Ular «Yallama» va «B.Konisbayev» çegaraoldi ötkaziş punktlarida avtotransport vositalarining töplanib qolişi masalasi, Özbekiston - Qozoğiston davlat çegarasidagi boşqa NÖPlarga avtotransport vositalarini taqsimlaş imkoniyatlarini muhokama qilişdi.

Uçraşuv davomida mintaqaviy bölinmalar rahbarlari darajasida muntazam nazorat örnatiş va yuzaga kelgan muammolarni tezkor çoralar (telefon va/yoki boşqa aloqa turlari böyiça) qabul qiliş yöli bilan hal qiliş haqidagi qarorga kelindi.

Şuningdek, çegaradagi ötkaziş punktlari örtasida yuk oqimlarini bir xil taqsimlaşni amalga oşiriş imkoniyati böyiça kelişuvga erişildi. Qayd etilişiça, har bir tomon bu maqsadda masalani vakolatli vazirliklar, idoralar, xöjalik birlaşmalari hamda kompaniyalar bilan körib çiqişi lozim.