Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobilda quloqchin va garnituralarsiz telefonda gaplasha olmaysiz - Adliya vazirligi
Adliya vazirligi haydovchilarga yengillik berilgan qonun yuzasidan tushuntirish berib, haydovchilar telefonda faqat bluetooth, quloqchin va boshqa garnituralar orqali gaplasha olishi, lekin telefonning o‘zidan foydalana olmasligini ta'kidladi.
Foto: Kun.uz
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi yangi qabul qilingan qonun bo‘yicha ayrim tushuntirishlar berdi. Xususan, vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “endi mashina boshqarayotganda ham telefondan foydalanish mumkin” yoki “rulda bo‘lgan holda telefonda gaplashishga ruxsat berildi” va shunga o‘xshash xabarlar bo‘yicha munosabat bildirdi.
Ta'kidlanishicha, qonun bilan haydovchilar transportni boshqarishda telefondan faqat bluetooth, quloqchin va boshqa qo‘lni band qilmaydigan garnituralar orqali foydalanishga ruxsat berildi, biroq bu harakat vaqtida qo‘lni band qilgan holda telefondan bevosita foydalanishga yoki unda gaplashishga ruxsat berilganini anglatmaydi.
Qo‘shimcha qilinishicha, qonun bilan mashina salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatishga ruxsat berilgani – bu monitorda tele- yoki videodasturlarni tomosha qilishga ruxsat berildi, degani emas. Ya'ni qonunda monitor o‘rnatganlik uchun avval mavjud bo‘lgan javobgarlikni bekor qilish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, transport vositasini boshqarish paytida monitordan tele- yoki videodasturlarni tomosha qilish maqsadida foydalanganlik uchun javobgarlik saqlanib qolayotgani bildirildi.
Vazirlikning izoh berishicha, salonning old qismidagi monitordan faqat yo‘nalishni aniqlash yoki GPS qurilma sifatida foydalanish mumkin.
Ma'lumot uchun, MJtK 128-1-moddasiga ko‘ra, harakat vaqtida qo‘shimcha uskunalarsiz, qo‘lni band qilgan holda telefondan bevosita foydalanish BHMning 3 baravari (810 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, MJtK 128-2-moddasiga ko‘ra, transport vositasini boshqarish paytida monitordan tele- yoki videodasturlarni tomosha qilish maqsadida foydalanish BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, yangi qonun bilan:
- transport old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi;
- haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin bo‘ldi;
- 4 turdagi huquqbuzarlik (transport vositalari egalari tomonidan sug‘urta polisini olmaganlik yoki muddati o‘tgan sug‘urta polisi yoki sug‘urta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi; yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanganlik; pasport tizimi qoidalarini buzganlik; fuqarolar tomonidan valuta qiymatliklarini noqonuniy olganlik yoki o‘tkazganlik) uchun jarima miqdori kamaytirildi;
- tezlik oshirib yuborilganda radarda qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat ayirib jazo qo‘llanishi belgilandi;
- 2022 yil 1 martdan boshlab haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi bo‘lganida transportni boshqarish, ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sug‘urtani yonida olib yurishi talab etilmaydigan tartib o‘rnatish nazarda tutildi.
Mavzuga oid
17:57 / 14.01.2026
Xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi
13:54 / 22.12.2025
Investitsiya vositachilari uchun xizmatlar va cheklovlar belgilandi
21:44 / 16.12.2025
Tadbirkorlik sohasidagi 1600 dan ortiq ma’muriy talab bekor qilinadi
08:42 / 12.12.2025