Prezident Şavkat Mirziyoyev “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun ma'muriy jazolar liberallaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga köra, amaliyotda bahsli mavzuga aylangan masala öz yeçimini topdi. Ya'ni endilikda transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini oşirib yuborganda tezlikni ölçaydigan maxsus uskunalar qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib taşlab hisoblaş tartibi joriy etilmoqda. Şu vaqtgaça amaliyotda faqat birinçi ölçovdagina 5 km/soat ayirib taşlanib, ikkinçi va uçinçi ölçovlarda bu tartib qöllanmayotgan edi.

Şuningdek, kiritilgan özgartirişlarga köra, haydovçilar transportni boşqarişda telefondan quloqçinlar orqali va qöllarini işlatmasdan gaplaşiş imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanişi mumkin.

Bundan oldinroq Kun.uz’da tezlikni oşirganda ruxsat etilgan +5 km/soat nega faqat birinçi ölçovda qöllanayotgani haqida maqola e'lon qilingandi.