"Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun ma'muriy jazolar liberallaştirilişi munosabati bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
- Haydovçilar transportni boşqarişda telefondan quloqçinlar orqali va qöllarini işlatmasdan gaplaşiş imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanişi mumkin.
- Haydovçilar belgilangan tezlikni oşirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km çegirib taşlab jazo qöllanadi.
- Haydovçi yonida pasporti yoki ID-kartasi bölganida transportni boşqariş, röyxatdan ötkazganlikka oid hujjatlarni, işonçnomani, suğurtani yonida olib yurişi talab etilmaydi. Mazkur tartib 2022 yil 1 martdan kuçga kiradi.
- Transport salonining old qismiga monitor (displey) örnatganlik uçun javobgarlik bekor qilindi.
- Valutalarni noqonuniy olganlik uçun jarima miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigaça etib belgilandi, ilgari qat'iy bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravari edi.
- Avtomobilda yölovçilarni litsenziyasiz taşiganlik uçun fuqarolarga jarima bazaviy hisoblaş miqdorining 7 baravari etib belgilandi, ilgari bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 100 baravarigaça edi.

















