Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ko‘ngilni qoldirdi». Zayd Raad al-Husayn AQSh bo‘yicha bayonot berdi
Foto: El Universal
BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn ma'lum qilishicha, AQShning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdan chiqishi haqidagi xabar «odamning ko‘nglini qoldirdi». Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
«Bu ham hayratlanarli, ham odamning ko‘ngligi qoldiruvchi xabar bo‘ldi. AQSh hozirgi vaqtda dunyoda inson huquqlari qanday holatda ekanini hisobga olib, Kengashdan ketishi emas, balki undagi o‘z ishtirokini kuchaytirishi lozim», - deya yozdi Zayd Raad al-Husayn.
Avvalroq, AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Qo‘shma Shtatlar Inson huquqlari bo‘yicha kengashni tark etishi haqida ma'lum qilgandi. Uning fikricha, Kengash hozirgi paytda «ikkiyuzlamachilik va tamaga» to‘la. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, BMTga a'zo davlatlardan birontasi AQShni Kengash bilan «kurashda» qo‘llab-quvvatlamadi.
Mavzuga oid
23:12 / 11.05.2026
Tramp Eron takliflarini «axlat uyumi» deb atadi
22:10 / 11.05.2026
AQSh Kuba qirg‘oqlarida razvedka faoliyatini kuchaytirdi
18:21 / 11.05.2026
Trampning million dollarlik «oltin vizasi» badavlat xorijliklar orasida qiziqish uyg‘otmadi
16:39 / 11.05.2026