Jamiyat | 12:25 / 07.03.2018
12970
2 daqiqa o‘qiladi

E'lon: IIV ekspert-kriminalistika sohasidagi xizmatlarni taklif qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PQ-2898-sonli «Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga (8-bandi) asosan Ichki ishlar vazirligi yuridik shaxslarga ekspert-kriminalistika faoliyati sohasida pullik asosda ekspertlik, ilmiy-tadqiqot va axborot xizmatlarini taqdim etadi.

Xizmatlar o‘ziga quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

1. Hujjatlar, qimmatbaho qog‘ozlar, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarda qalbakilashtirish belgilarini aniqlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘qitish.

2. Shaxsni identifikatsiya qilishda videokuzatuv tizimi imkoniyatlarini aniqlash.

3. Transport vositalarining dvigatel, shassi, kuzov raqamlarini ro‘yxatga qo‘yish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdagi tadqiqotlar.

4. Hujjatlar, qimmatbaho qog‘ozlar, lotoreya chiptalari, shuningdek boshqa turdagi qatiy hisobot ostidagi bosma mahsulotlarning haqiqiyligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar.

5. Qo‘lyozmalar va imzolarni identifikatsiya qilish bo‘yicha tadqiqot.

6. Uzoq muddat mobaynida o‘chib ketgan matnlarni qayta tiklash.

7. Zargarlik buyumlari va vino-aroq mahsulotlari tarkibini aniqlash.

8. Kompyuter texnologiyasi sohasida xizmat va konsultatsiyalar ko‘rsatish, xususan, raqamli tashuvchilarda o‘chib ketgan ma'lumotlarni qayta tiklash va raqamli ma'lumotlarni himoyalash bo‘yicha konsultatsiya berish.

Ekspert-kriminalistika faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot va axborot xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun kelib tushadigan mablag‘lar ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltiriladi.

Quyida O‘zbekiston Respublikasi IIV EKB rahbarlarining telefon raqamlari ro‘yxati keltirilgan.

 

Mavzuga oid