Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
Urganch tumanida oshxonasi bo‘lgan tadbirkor 2-4 fevral kunlari 7 ming so‘mdan palov sotishini aytib, ijtimoiy tarmoqqa e’lon joylashtirgan. Sud uning bu harakatini ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish deb baholadi.
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi
Urganch tumanida mijoz jalb qilish uchun arzon narxda palov sotgan tadbirkor ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud qaroriga ko‘ra, Shohruhxon Qodirov tuman hududida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. U ijtimoiy tarmoqda 2026 yil 2 fevraldan 4 fevralga qadar Xorazm suzma palovini 7 ming so‘mdan sotishi haqida e’lon joylashtirgan.
Sud hujjatida tadbirkor “Xorazm suzma palovini haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda 7 ming so‘mdan sotishi to‘g‘risida tegishli tartibda ruxsat olmagan”i keltirilgan. Biroq buning uchun qanday huquqiy asosga ko‘ra qaysi tashkilotdan ruxsat olinishi kerakligi qayd etilmagan.
“Mijoz chaqirish uchun 2 kun arzon sotdim. 7 ming so‘m ichida non, choy va salati ham bor edi. Biror janjal yoki boshqa holat bo‘lmadi. Bunday tadbir qilish uchun biror tashkilotdan ruxsat olinishi kerakligini bilmagandim”, deydi Kun.uz’ga Shohruhxon Qodirov.
JIB Urganch tuman sudining 17 martdagi qarori bilan Shohruhxon Qodirov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200-1-moddasida nazarda tutilgan ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish huquqbuzarligini sodir qilgan deb topildi. Unga BHMning 5 baravari, ya’ni 2 mln 60 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Avvalroq Xorazmda haykalni o‘pgan ayol jarimaga tortilgandi.
Mavzuga oid
20:05 / 10.04.2026
«Umuman iqror emasman» – Sanjar Karimovga oid sud ish boshladi
20:30 / 09.04.2026
Soxta imzo, tasdig‘ini topgan jinoyat va nizoli garov: Toshkentda tadbirkor o‘zgalar qilmishini deb mulkidan ayrilib qolmoqda
11:47 / 09.04.2026
“Obnalchi” korxonaning soliq majburiyati halol tadbirkor gardaniga yuklanyapti” – tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi
23:21 / 08.04.2026