Yuridik shaxslar uchun gaz va elektr uchun 100 foiz oldindan to‘lov tizimi qaytariladi
O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun 100 foiz oldindan to‘lov tizimi qaytariladi.
2024 yil 1 iyuldan boshlab yuridik shaxslar elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lovni amalga oshirishi shart. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining energiya tariflari to‘g‘risidagi qarorida aytilgan.
Ushbu tartib 2017 yilning iyulidan 2019 yilning fevraligacha amalda bo‘lgan, shundan so‘ng avans miqdori 50 foizgacha kamaytirilgan.
Energetika vazirligi bu qarorini hisoblagichlar va boshqa qurilmalar yetishmasligi sababli iste’molchilarning elektr tarmoqlariga ruxsatsiz ulanishi va elektr energiyasidan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni soxtalashtirishi bilan izohlagan edi.
Shu davrda 13,17 ming ulgurji iste’molchi 1 milliard 460 million kub metr gazdan oldindan to‘lovsiz foydalangan, oqibatida 90,2 milliard so‘m debitorlik qarzdorlik yuzaga kelgan. Yonilg‘i quyish shoxobchalarining qarzi 1 noyabr holatiga ko‘ra 59,9 milliard so‘mga yetgan.
Oldindan to‘lov tizimi joriy etilishi debitorlik qarzlarining o‘sishiga to‘sqinlik qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:18 / 02.11.2024
Chiqindidan qarzdorlar “svet”ga to‘lov qilolmaydi. Mas’ullar yangi tizim tartibini tushuntirdi
10:10 / 01.11.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
12:10 / 31.10.2024
Nurafshonda yarim milliard so‘mdan ortiq elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
07:30 / 31.10.2024