Qonunga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan özgartirişlarga köra, umumiy foydalanişdagi elektr, issiqlik va gaz tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş yoki ulardan foydalaniş qoidalarini buzganlik uçun jarimalar miqdori oşirildi.
Endilikda bunday huquqbuzarlik uçun fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 15 baravaridan 20 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 25 baravaridan 30 baravarigaça jarima qöllanadi. Ilgari esa jarima miqdori fuqarolar uçun 10–15 baravar, mansabdor şaxslar uçun 20–25 baravar etib belgilangan edi.
Şuningdek, elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida özboşimçalik bilan ulaniş uçun jarima miqdori BHMning 15 baravaridan 25 baravarigaça etib belgilandi yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoq qöllanilişi mumkin.
Bundan taşqari, Jinoyat kodeksiga kiritilgan özgartişlarga köra, agar şaxs mazkur harakatni ma’muriy jazo qöllanadi keyin yana sodir etsa, u BHMning 30 baravaridan 75 baravarigaça jarima, 240 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki bir yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanişi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boşlab 3 oy ötgaç kuçga kiradi.







