Jahon | 09:57 / 08.10.2022
32196
1 daqiqa o‘qiladi

Qrimga o‘tadigan Kerch ko‘prigida yong‘in sodir bo‘ldi

Qrim yarimorolini Rossiyaning quruqlikdagi qismi bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videodan kadr

Ko‘prikning poyezd o‘tadigan qismida yong‘in sodir bo‘lgan. Videoda yonilg‘i ortilgan sisterna yonayotgani ko‘rinadi. Shuningdek, ko‘prikning avtomobil harakatiga mo‘ljallangan qismi ham zararlangan, bir qismi upirilib ham tushgan.

Voqea joyidan video joylagan guvohlarning aytishicha, nimadir uchib kelgan. Ayni damda ko‘prik avtomobillar harakati uchun yopilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya 2014 yil Ukrainaning Qrim yarimorolini egallab olgach, hududni Rossiyaning quruqlikdagi qismi bilan bog‘lash uchun Kerch ko‘prigini qurgan edi. Ukraina urush boshlanganidan buyon Qrim ko‘prigiga zarba berishga haqli ekanini aytib keladi. Hozircha rasmiy Kiyev va Moskva holatga munosabat bildirmagan.

Mavzuga oid