O‘zbekistonda kuniga o‘rtacha 15ta yangi bog‘cha ochilyapti
Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari Maqsudjon Yo‘ldoshev Xalqaro press-klub sessiyasida yangi tashkil etilayotgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari haqida gapirib o‘tdi.
«Prezidentimiz murojaatida o‘tgan yili 5722ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etilganiga to‘xtaldi. Bu – O‘zbekiston tarixida ko‘rilmagan o‘zgarishlar. Agar bir yilda 365 kun borligini hisobga olsak, O‘zbekistonda har kuni o‘rtacha 15da MTT tashkil topyapti», – dedi Yo‘ldoshev.
2019 yili O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim qamrovi 38 foizdan 52 foizga ko‘tarilgan. 2020 yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkichni 60 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Bunga budjetdan 130 milliard so‘m ajratiladi. Bu jarayonda xususiy maktabgacha ta'lim muassasalari ham bevosita ishtirok etadi.
Mavzuga oid
13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
13:23 / 15.10.2024
“Mening bog‘cham” loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
11:50 / 01.10.2024
Menejyerlik sertifikatiga ega bog‘cha mudiralariga ustama to‘lanadi
10:20 / 24.09.2024