Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi davlat ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga köra, Maktabgaça ta'lim vazirligi va Soğliqni saqlaş vazirligining 2020/2021 öquv yildan boşlab, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi davlat ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlari tarmoğini optimallaştiriş va keyinçalik bolalar kontingentini hisobga olgan holda, ularni davlat köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlariga va umumiy tipdagi maktabgaça ta'lim taşkilotlariga özgartiriş töğrisidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin.
Maktabgaça ta'lim vazirligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi davlat ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlarining faoliyati böyiça ötkazilgan tahlili asosida Davlat budjeti mablağlaridan oqilona, samarali va maqsadli foydalaniş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi 130 ta davlat ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlarni, xususan:
56 ta davlat ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlari davlat köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlari etib;
74 ta davlat ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlari umumiy tipdagi davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari etib qayta taşkil etiladi.
Maktabgaça ta'lim vazirligi va Soğliqni saqlaş vazirligi qayta taşkil etilayotgan davlat köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan maxsus maktabgaça ta'lim taşkilotlari va umumiy tipdagi maktabgaça ta'lim taşkilotlari faoliyatini taşkil etiş tadbirlari rejasini tasdiqlaydi va amalga oşiradi.
Belgilab qöyilişiça:
qarorda nazarda tutilgan tadbirlar amaldagi ştat böyiça xodimlarning soni va davlat ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlarini saqlaş uçun budjetdan ajratilgan mablağlar doirasida amalga oşiriladi;
davlat ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlari tarmoğining optimallaştirilişi natijasida böşaydigan mablağlar davlat köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantiriş, şu jumladan ularni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlaş, korreksiya vositalari, dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan ta'minlaş tadbirlarini amalga oşirişga yönaltiriladi;

















