Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Plastik karta orqali to‘lovlarda uning haqiqiy egasi kelishi talab etiladimi?
Kun.uz sayti fuqarolarning shikoyatlari asosida ish olib borishda davom etadi.
Shikoyatlarda bankka plastik karta egalarining yaqinlari ma'lum bir davlat tashkilotlarida to‘lovlarni amalga oshirmoqchi bo‘lishsa, kartaning haqiqiy egasi kelishini talab etilayotgani yuzasidan aniq belgilab qo‘yilgan bandlar haqida tushunarli tilda bizga yozib berishlarini iltimos qilishgan.
Bankka bu borada qilingan murojaatga qaytarilgan javobda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 30 aprelda 1344-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bandiga asosan bank plastik karta egasi bo‘lmagan shaxs, karta egasining ruxsatisiz undan foydalanishi mumkin emasligi qayd etilgan.
Shu bilan bir qatorda, yuqoridagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq (ro‘yxat raqami 1344-2, 2011y. 13 iyul), tovarlar (ish va xizmat) uchun plastik kartochkalar orqali to‘lovlarni qabul qilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan plastik kartochka egasidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilinmasligi ham yozilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 21 noyabrda 2528-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat” Qoidalarining 22-bandiga asosan tijorat banklari jismoniy shaxslar tomonidan tijorat bankida joylashgan terminallar orqali plastik kartalardan foydalanilgan holda operatsiyalar (naqd mablag‘lar yechish, tovar va xizmatlarga to‘lovlar) amalga oshirilganda (kommunal va aloqa xizmati, byudjyet, byudjyetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar bundan mustasno) mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni ko‘rishlari ham belgilangan.
“Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy shaxslar tomonidan tijorat bankida joylashgan terminallar orqali plastik kartalardan foydalanilgan holda kommunal va aloqa xizmati, byudjyet, byudjyetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar amalga oshirilganda tijorat banklari ulardan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni talab qilishga haqli emas”, deyilgan maktubda.
Xulosa shuki, plastik kartaning haqiqiy egasi bank tashkilotlariga kirib, bank faoliyati bilan bog‘liq boshqa amaliyotlarda, shuningdek FHDYo, sud, notarial kabi idoralaridagi davlat bojlari to‘lovi qilinsa, talab etiladi. Qolgan barcha tashkilot va muassasalar bunday talabni qo‘yishga haqli emas.
Mavzuga oid
11:59 / 15.01.2026
Yangi bank'ning litsenziyasi bekor qilindi
19:58 / 14.01.2026
10 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘llandi
12:24 / 10.01.2026
O‘zbekistonliklar 2025 yilda inflatsiya 12 foiz bo‘ldi deb hisoblamoqda – MB
13:10 / 08.01.2026