Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noyabr oyida O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan uch davlatdan biri bo‘ldi
O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida 10 tonna oltin sotib olib, Polsha va Braziliyadan keyingi eng yirik xaridorlardan biri bo‘ldi.
Markaziy banklar noyabr oyida 45 tonna sof oltin xaridini amalga oshirdi, deya xabar bermoqda Jahon oltin kengashi.

Eng yirik xaridorlar — Polsha (12 tonna) va Braziliya (11 tonna) Markaziy banki bo‘ldi. Uchlikka O‘zbekiston Markaziy banki (10 tonna) ham kirgan.
Shuningdek, Qozog‘iston (8 tonna), Qirg‘iziston (2 tonna) Chexiya (2 tonna), Xitoy (1 tonna) va Indoneziya (1 tonna) markaziy banklari ham qimmatbaho metall xaridini amalga oshirishgan.

Yil boshidan buyon 11 oylik davrni hisobga olganda esa O‘zbekiston Singapur va Rossiyadan keyingi uchinchi eng yirik oltin sotuvchi mamlakat hisoblanadi. Asosiy xaridorlar — Polsha (95 tonna), Qozog‘iston (49 tonna) va Braziliya (43 tonna).
Ma’lumot uchun, 2025 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston umumiy hisobda 9,9 mlrd dollarlik (+70,9 foiz) oltin sotgan. Bu umumiy eksportning 37,1 foizini tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026