Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
Senat kengashining qaroriga muvofiq, u iste’foga chiqarilgan Mamarizo Nurmurodovning o‘rnini egalladi.

Foto: Kun.uz
Oliy Majlis Senatining kengashi prezident taqdimnomasiga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Kengashning boshqa bir qarori bilan, prezident taqdimnomasiga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetov tayinlandi.
Timur Aminjanovich Ishmetov 1979 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan, 2005 yilda Birmingem universitetidan moliya-bank yo‘nalishida magistr darajasini olgan. 2007 yilda Toshkent yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini bitirgan.
U 24 yillik mehnat faoliyatining 19 yilini Markaziy bankda o‘tkazgan.
Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlab, 2001–2004 yillarda katta ekspert-analitik, Valuta birjasi va tashqi aloqalar departamenti rahbari bo‘lgan. 2004–2008 yillarda Pul-kredit operatsiyalari departamentida ishlagan. 2008–2009 yillarda Xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti, 2009-2010 yillarda Ichki valuta bozoridagi operatsiyalar departamenti, 2010–2017 yillarda Valuta boshqaruvi va nazorati departamentini boshqargan.
Ishmetovning Markaziy bankdagi faoliyatida 2017 yilda qisqa muddat uzilish bo‘lgan: u o‘sha yili aprelda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan, ammo iyun oyida Mamarizo Nurmurodov Markaziy bank raisi etib tayinlanishi bilan bir vaqtda uning birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan.
MB boshqaruvidagi o‘zgarishlar fonida, 2017 yil sentabriga kelib, mamlakatda valuta islohoti amalga oshirilgandi.
Timur Ishmetov MB raisining birinchi o‘rinbosari sifatida 2 yil faoliyat yuritgach, 2019 yil may oyida moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi. 2020 yil fevraliga kelib, u moliya vaziri etib tayinlandi va bu lavozimda 2022 yil oxirigacha faoliyat yuritdi.
Ishmetov 2022 yil dekabrda O‘zbekiston prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Ravshan G‘ulomov)ning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

16:18 / 01.05.2025
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga rektor tayinlandi

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

12:24 / 24.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

18:58 / 18.04.2025