Özbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov lavozimidan ozod etilişi kutilmoqda.
Özbekiston prezidenti Oliy Majlis Senatiga Nurmurodovni egallab turgan lavozimidan ozod etiş töğrisida taqdimnoma kiritdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov ma’lum qildi.
64 yoşli iqtisodçi 2017 yildan boşlab mamlakat pul-kredit siyosatiga rahbarlik qilib, bank-moliya sektori islohotlarida muhim örin tutdi.
Mamarizo Nurmurodov – Özbekiston Markaziy bankining ikkinçi raisi. Bunga qadar mamlakat moliyaviy tizimi regulyatoriga 1991–2017 yillarda Fayzulla Mullajonov rahbarlik qilgan.
Mullajonov 2017 yil may oyida uzoq kasallikdan söng vafot etgan, öşa yil iyunida Mamarizo Nurmurodov Markaziy bank raisi etib tayinlangan edi.
Uşbu tayinlovdan biroz vaqt ötib, 2017 yil 5 sentabrdan e’tiboran Özbekistonda erkin valuta konvertatsiyasi oçilgandi.
Mamarizo Nurmuratov 1960 yili Samarqand viloyatida tuğilgan. 1977 yili Toşkent xalq xöjaligi institutiga öqişga kirib, 1982 yili Leningrad iqtisodiyot-moliya institutini tamomlagan. 1982-1985 yillarda Toşkent Xalq xöjaligi institutida öqituvçilik qilgan. 1985-1988 yillarda Moskva Moliya instituti aspiranturasida tahsil olgan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi.
U 1989-1993 yillarda Toşkent xalq xöjaligi instituti va Moliya institutlarida dotsent bölib işlagan. 1993 yildan boşlab Markaziy bank tizimida faoliyat körsata boşlagan: Markaziy bankda Ilmiy tadqiqotlar markazi boşliği, Boşqaruv raisining örinbosari, Markaziy bank raisining birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan.
Nurmurodov 2000-2004 yillarda Özbekiston moliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2004-2006 yillarda Samarqand viloyati hokimi bölgan. 2006-2017 yillarda Özbekiston Markaziy banki raisining maslahatçisi bölib işlagan.
2017 yilda MB rahbarligiga tayinlanişidan oldin Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.












