FVV O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Vazirlik dunyoda zilzilaning hatto taxminiy vaqtini bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emasligini ta’kidlagan.
O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika hududida yana kuchli zilzila bo‘lishi kutilayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
«Hurmatli yurtdoshlar, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kunlarda zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi haqida soxta xabarlar tarqalmoqda.
Shu munosabat bilan sizlarni bunday yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka chaqiramiz.
Yana bir bor ta’kidlaymizki, bugungi kunda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir bo‘ladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emas. O‘zbekiston seysmik faol zonada joylashgani sababli ba’zida yer silkinishlari sodir bo‘ladi. Har doim shunday bo‘lgan», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda ketma-ket ikkita kuchli zilzila kuzatildi. 21 mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda ro‘y bergan 6,6 magnitudali zilzila O‘zbekiston hududlarida 4-6 ball kuchda sezilgandi.
23 martga o‘tar kechasi, soat 01:07 da esa Tojikistonda ro‘y bergan 6 magnitudali yer silkinishi vaqtida O‘zbekiston hududlarida 4-5 balli zilzila kuzatildi.
Ma’lumot uchun, bungacha Toshkent shahrida so‘nggi eng kuchli zilzila 2008 yil 22 avgustda kuzatilgandi. O‘shanda ham zilzila kuchi 5 magnitudaga teng baholangan.
Mavzuga oid
07:30 / 17.10.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
18:44 / 16.10.2024
Turkiya sharqida yana kuchli zilzila sodir bo‘ldi
15:52 / 09.09.2024
Marokashdagi zilzilaga bir yil to‘ldi. Aholi hanuz chodirlarda yashab, hukumat va’da qilgan yordamni kutmoqda
07:30 / 09.09.2024