Özbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika hududida yana kuçli zilzila bölişi kutilayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
«Hurmatli yurtdoşlar, şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kunlarda zilzila sodir bölişi mumkinligi haqida soxta xabarlar tarqalmoqda.
Şu munosabat bilan sizlarni bunday yolğon xabarlarga işonmaslikka çaqiramiz.
Yana bir bor ta’kidlaymizki, bugungi kunda dunyoning heç bir davlatida zilzila sodir böladigan sana va hatto taxminiy vaqtni başorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emas. Özbekiston seysmik faol zonada joylaşgani sababli ba’zida yer silkinişlari sodir böladi. Har doim şunday bölgan», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda sönggi kunlarda ketma-ket ikkita kuçli zilzila kuzatildi. 21 mart kuni, Toşkent vaqti bilan soat 21:47 da Afğonistonda röy bergan 6,6 magnitudali zilzila Özbekiston hududlarida 4-6 ball kuçda sezilgandi.
23 martga ötar keçasi, soat 01:07 da esa Tojikistonda röy bergan 6 magnitudali yer silkinişi vaqtida Özbekiston hududlarida 4-5 balli zilzila kuzatildi.
Ma’lumot uçun, bungaça Toşkent şahrida sönggi eng kuçli zilzila 2008 yil 22 avgustda kuzatilgandi. Öşanda ham zilzila kuçi 5 magnitudaga teng baholangan.


















