Jahon | 09:00 / 27.04.2018
20129
3 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti Kim Chen Inni “bizning rais” deb atadi

Foto: Reuters

KXDR yetakchisi Kim Chen In Pxanmunjomdagi Koreyalararo sammit yaxshi natijalar berishiga ishonishini aytib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti uchrashuv matbuot markaziga asosan xabar qilmoqda.

"Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan gaplashib olishni juda xohlayman, kerakli narsa haqida gaplashish, bundan yaxshi natijalarni olish kerak", - degan Kim Chen In Mun Chje In bilan uchrashuvdan avval.

Qayd etilishicha, Kim Chen In Janubiy Koreyaga o‘zi bilan mashhur pxenyancha grechka lag‘monni olib kelgan. U Koreyalararo sammit vaqtida Mun Chje Inni ushbu lag‘mon bilan siylamoqchi.

Foto: Reuters

"Men Pxenyandan pxenyancha "nenmyon"ni olib keldim. Bugun kechqurun bo‘lib o‘tadigan banketda uni tatib ko‘rasiz", - degan Kim Chen In Janubiy Koreya prezidentiga.

Foto: Reuters

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In esa Pxanmunjomni tinchlik ramzi deb atadi. Bunga KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen Inning harbiy-demarkatsion chiziqni kesib o‘tgani sabab bo‘lgan.

"Bizning rais Kim tarixda birinchi marta harbiy-demarkatsion chiziqni kesib o‘tdi va bundan buyon Pxanmunjom bo‘linish emas, balki tinchlik ramziga aylanadi", - dedi Mun Chje In.

Shuningdek, Janubiy Koreya prezidenti Kim Chen Inni Koreyalararo sammitda ma'lum bir kelishuvlarga erishishga chaqirdi. 

Foto: AP

"Agar biz samimiy muloqot o‘tkazsak, tinchlikka intilayotgan xalqlarimiz va butun sayyoradagi insonlarga katta sovg‘a qila olamiz", - dedi Mun Chje In muzokaralar avvalida.

Kim Chen Inning ma'lum qilishicha, KXDR delegatsiyasi Koreyalararo sammitga yangi tarix boshlanayotgani hissiyoti bilan kelgan.

"Biz bu yerga tinchlik va farovonlik yo‘lidagi yangi tarix boshlanayotganini his etgan holda yetib keldik", - deya ma'lum qildi Kim Chen In prezident Mun Chje In bilan uchrashuvda.

U muzokaralardan avval “Tinchlik uyida” mehmonlar kitobiga ham taxminan shunday so‘zlarni yozgan: "Endi – yangi tarix, tinchlik davri kirib kelish nuqtasida turibdi, Kim Chen In".

Foto: Reuters

Ta'kidlab o‘tish joizki, bugun kun davomida har ikki davlat rahbari qurolsizlantirilgan hududning janubiy qismida Shimol va Janub munosabatlarini yaxshilash, tinchlik va birlashish istiqbollarini muhokama etadi.

Mavzuga oid