Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buvaydadagi maktabda o‘qituvchilar tun-u kun navbatchilikda turishga majburlanyapti
37-maktab direktori Hasanboy Nishonov imzolagan buyruq bilan pedagoglar “maktabni tinch va osoyishta saqlash, muassasa jamoasi va o‘qituvchilar xavfsizligi hamda salomatligini ta’minlash maqsadida” 25 dekabrdan 6 yanvarga qadar (13 kunlik) tun-u kun navbatchilikka jalb qilingan. O‘qituvchilar 5 kunlik rasman dam olish kunlarida ham ikki smenada maktabda qolishga majburlangani aytilmoqda.
Foto: Videodan kadr
Kun.uzʼga Farg‘ona viloyati Buvayda tumanining 37-maktabi o‘qituvchilari nomidan xat kelib tushdi. Unga ko‘ra xodimlar 25 dekabrdan beri maktabda qolib, navbatchilik qilishga majburlab kelinadi. Murojaat yo‘llaganlar rasman 5 kunlik dam kunlari, 31 dekabrdan 4 yanvargacha ham maktabda bo‘lishganini aytgan.
Tahririyatga yuborilgan buyruqqa ko‘ra, bu rost bo‘lishi mumkin. Maktab direktori Hasanboy Nishonov imzolagan va muhr tushirilgan hujjatda 13 kunlik 2 ta smenada maktabda navbatchilik qilishi kerak bo‘lgan ustozlar ro‘yxati tasdiqlangan. Hujjatda Yangi yil bayrami munosabati bilan maktabni tinch va osoyishta saqlash, maktab jamoasi va o‘qituvchilar xavfsizligi, salomatligini ta’minlash maqsadida tungi navbatchilik tashkil qilinayotgani yozilgan. Muassasa xodimlari buni o‘zlariga nisbatan bosim deb hisoblamoqda.



“Navbatchilik qilasan, bo‘lmasa darsingni olib qo‘yaman, deb ko‘rqitgan. O‘qituvchilar bunga majbur bo‘lgan, kunduzi ayol ustozlar, kechasi erkaklar qolishdi. Bu zo‘ravon direktorga chora bormi? Shu murojaatni bizga yoritib beringlar, iltimos”, – deydi o‘qituvchilardan biri.
Navbatchilik kunlaridan yozib olingan videolar va Telegram yozishmalaridan skrinshotlarda ham dam kunlari pedagoglar maktabda yurgani ko‘rinadi.
“Mana, biz bugun navbatchilikdamiz. 31 dekabr, yangi yil arafasida eski yilni kuzatib, yangi yilni kutib olamiz. Muxlisa (o‘qituvchining yonidagi sherigi) qizi bilan chiqqandi, qizi uxlab qoldi. Navbatchilik qilgani o‘tiribmiz, mana. Soat 12 da kelganmiz, bizdan oldingilar keldimi yoki kelmadimi, bilmayman. Endi bu qonunlarimizda bormikan, bilmadim”, – deydi video olganlardan biri.
Ma’lumot uchun, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ularni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
17:27 / 09.01.2026
Respublika bo‘yicha navbatchilikka chiqqan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi – manba
11:30 / 09.01.2026
Buvaydadagi maktab direktori ishga qayta tiklanadigan bo‘ldi
16:05 / 06.01.2026
Farg‘onada o‘qituvchilarni tun-u kun navbatchilikda turishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
13:12 / 03.01.2026