Buxoroda «Deklaratsiyalar muloqoti» forumining yakuniy qismi bo‘lib o‘tmoqda
Buxoroda xalqaro konferensiya – “Deklaratsiyalar muloqoti” forumining yakuniy qismi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumda Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika davlatlaridan turli din vakillari, taniqli dinshunoslar, din ulamolari, huquqshunoslar ishtirok etmoqda.
Forum prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan BMTning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasida belgilangan tamoyil va qoidalarni hayotga tatbiq etish borasidagi ishlar doirasida o‘tkazilmoqda.
Tadbir yakunida butunjahon hamjamiyati uchun muhim hujjatga aylanadigan “Buxoro deklaratsiyasi”ni qabul qilish rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, deklaratsiya ma’rifat va bag‘rikenglik madaniyati g‘oyalarini ilgari surish, turli din vakillarining milliy an’analarini hurmat qilish va ularning huquqlarini ta’minlash, jahon miqyosida konstruktiv muloqotni mustahkamlashga qaratilgan.
Qayd etilishicha, “Buxoro deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi O‘zbekiston ilgari Marrakesh, Makka, Jakarta, Vashington, Punto-del-Esteda qabul qilingan deklaratsiyalarda o‘z ifodasini topgan tamoyillarga to‘liq qo‘shilishi va amalga oshirilayotganining yorqin dalilidir.
“Buxoro deklaratsiyasi”ni tayyorlashda mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikrlari inobatga olindi. Xususan, Markaziy va Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa va Amerikadan mutaxassislar jalb qilingan.
Mavzuga oid
13:54 / 10.09.2024
2025 yil sentabr oyida Buxoro biyennalesi tashkil etiladi
20:34 / 31.08.2024
“Avvalo o‘zbek tilida yozilsin” - Buxoroda reklama bannerlari va lavhalar nega olib tashlanyapti?
07:32 / 20.07.2024
Salkam 4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi
10:11 / 19.07.2024